APL. "Liverpul" ilk o‘yinda iroda ko‘rsatib, g‘alaba qozondi

  • 16 avgust, 01:53
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining ilk turida "Liverpul" "Bornmut"ni o‘z uyida qabul qildi va 4:2 hisobiga muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Yozgi transferlar oynasida jamoaga yangi kelib qo‘shilgan hujumchi Yugo Ekitike 37-daqiqada APLdagi ilk golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning avvalida Kodi Gakpo oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. "Bornmut" hujumchisi Antuan Semeno esa 64 va 77-daqiqalarda dublni rasmiylashtirgan holda, hisobni tenglashtirdi. Biroq, 88-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Federiko Keza gol urib, jamoasiga muhim 3 ochkoni taqdim etdi. Shunigndek, uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisi o‘tib borayotganda Muhammad Saloh o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

  • Angliya - Premier Liga
  • Joriy Mavsum

Liverpul

  • Hugo Ekitiké 37'
  • Mohamed Salah 90'
  • Cody Gakpo 49'
  • Federico Chiesa 88'
Tugadi
4 : 2

16.08.2025 00:00

Tecno

AFK Bornmut

  • Antoine Semenyo 64'
  • Antoine Semenyo 76'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!