APL. Maguayr maydonga tushmagan, Ronaldu gol urgan bahsda MYu yirik hisobda zafar quchdi
APL 35-turidan o‘rin olgan MYu - "Brentford" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar yirik 3:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Qizil iblislar" tarkibida Brunu Fernandesh, Ronaldu (penalti) va Varan o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Mehmonlar bu gollarga javob bera olmadi.
Shu tariqa, Rangnik shogirdlari APL turnir jadvalida 55 taga etkazib oldi va hozircha 6-pog‘onani band etib turibdi.
"Brentford" hisobida 40 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 14-o‘rindan joy egallagan.

Fikrlar