APL. "Manchester Yunayted" sharmandali mag‘lubiyatni qabul qilib oldi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

APL 36-turidan o‘rin olgan "Brayton" - MYu o‘yini yakunlandi. Unda mezbonlar yirik 4:0 hisobida zafar quchdi. 

Maydon egalarining gollariga Kaysedo, Kukurelya, Gross va Trossard mualliflik qildi. Mehmonlar bu gollarga javob bera olmadi.

Shu tariqa, "Brayton" ochkolari sonini 47 taga etkazib oldi. Klub ayni payt jadvalda 9-o‘rinni egallab turibdi. 

"Qizil iblislar" hisobida 58 ochko mavjud bo‘lib, jamoa 6-pog‘onadan joy egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!