
APL. MYu autsayder maydonida ochko yo‘qotdi va 3-o‘ringa tushib ketdi
Hozirgina Angliya premer-ligasining 24-turidan o‘rin olgan “Vest Bromvich” hamda “Manchester Yunayted” jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.
Qiziqarli kechgan bahs 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Dastlab, mezbonlar 2-daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, 44-daqiqaga kelib Brunu Fernandesh o‘z goli bilan muvozanatni tikladi. Hisob esa o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmay qoldi.
Ushbu o‘yindan so‘ng MYu o‘z hisobidagi ochkolarni 45 taga etkazib oldi va 3-o‘ringa joylashdi. “Vest Bromvich” esa 12 ochko bilan 19-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar