
APL. Super to‘qnashuv! Lempard shogirldari o‘ta muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi
APL 33-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda "Everton" - "Kristal Pelas" bahsi yakunlandi. Unda maydon egalari 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, mehmonlar Mateta hamda Ayyu tomonidan kiritilgan gollar evaziga oldinga o‘tib oldi. Ikkinchi bo‘limda mersisaydliklarni to‘xtatib bo‘lmadi. Kin, Risharlison hamda Kalver-Lyuinning gollari "irischilar"ga juda muhim g‘alabani taqdim etdi.
Shu tariqa, Lempard shogirdlari ochkolari sonini 39 taga etkazib oldi. Ayni paytda ular 16-o‘rinda bormoqda. 43 ochkosi bor "Kristal Pelas" 13-o‘rindan joy olgan.
Fikrlar