APL superklubi Kvaratsxeliyani sotib olishi mumkin
Xvicha Kvaratsxeliya Angliya Premier-ligasining superklubi qiziqish doirasiga tushgan. Independent ma'lumotiga ko‘ra, "Arsenal" futbolchini transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Manba ta'kidlashicha, Kvaratsxeliya atrofidagilar bunday transferga qarshi emas, ammo uni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Sababi PSJ qat'iy pozitsiyani egalaydi, Frantsiya grandi gruzin futbolchisini sotmoqchi emas.
Ma'lumot uchun, 25 yoshli vinger 90 million yevroga baholanmoqda. Uning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar