APL. "Tottenxem" "Nyukasl"ni tor-mor etdi

  • 3 aprel, 2022, 22:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 31-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" - "Nyukasl" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 5:1 hisobida raqibdan ustun keldi.

"Shporlar" tarkibida, Devis, Doerti, Son, Emerson va Bergveyn gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga mehmonlardan Sher bir bora javob qaytara oldi, xolos. 

Shu tariqa, Konte shogirdlari ochkolari sonini 54 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 31 ochkosi bor "qarg‘alar" 15-pog‘onani band etgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!