APL. "Tottenxem"ga mag‘lub bo‘lgan "Lester" EChLga chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi

  • 19 iyul, 2020, 21:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Angliya Premer-ligasi 37-turidan o‘rin olgan "Tottenxem" hamda "Lester" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. Londonda kechgan uchrashuvda mezbonlar 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Tecno

6-daqiqada Jastin o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, 37 va 40-daqiqalarda Xarri Keyn ikkita to‘p kiritib, hisobning yirik ko‘rinish olishini ta’minladi.

Shu tariqa, "tulkilar" hisobidagi ochkolar soni 62  taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida hozircha 4-o‘rinni egallab turibdi. 58 ochkosi bor "shporlar" esa 6-pog‘onadan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!