
APLda navbatdagi iste’fo yuz berdi
Rasman "Nottingem Forest" Stiv Kuperni o‘z lavozimidan ozod qilganini ma’lum qildi.
"O‘rmonchilr" APL turnir jadvalida 17-o‘rinda bormoqda. Klub uelslik mutaxassis qo‘l ostida mazkur mavsum 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 marta mag‘lubiyatga uchradi.
Kuperdan keyin "Nottingem Forest"ni sobiq "Al-Ittihod" bosh murabbiyi Nunu Santu egallashi kutilmoqda. Tez orada tomonlar o‘rtasida yakuniy muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda Stiv nottingemliklarni qabul qilib olgan. Hozircha murabbiyning keyingi manzili aniq emas.
Fikrlar