
APLda vaqtinchalik cheklov o‘rnatilishi mumkin
Angliya Premer ligasi o‘yinlari uchun yangi vaqtinchalik ta’qiq kuchga kirishi mumkin.
Turnir tashkilotchilari bahslar o‘tkazilayotganda 70 yoshdan oshgan odamlarni stadionga tashrifini cheklashni rejalashtirishmoqda.
Ushbu qaror koronavirus epidemiyasining tarqalishi va u ko‘proq keksa yoshdagi odamlarda o‘lim darajasi kuzatilayotgani sabab qabul qilinishi mumkin.
Agar ushbu ta’qiq amalga oshirilsa, unda "Kristal Pelas" ustozi Roy Xojsonning stadionga tashrifi so‘roq ostida qolishi mumkin. Ayni vaqtda APLning eng keksa murabbiyi 72 yoshni qarshi olgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq APL o‘yinlarida uchrashuvdan oldingi qo‘l siqish bekor qilingan edi.
Fikrlar