APLda sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland Angliya Premer-ligasining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Bu haqda liga rasmiy sayti xabar berdi. Xoland mukofotni yutganidan so‘ng o‘z fikrlarini ham bildirdi.
—"Sentyabr biz uchun muhim oy bo‘ldi. Jamoa sifatida juda yaxshi futbol o‘ynadik, mag‘lub bo‘lmadik va muxlislarimiz uchun muhim g‘alabalarga erishdik. Men jamoaga gollar va o‘yin orqali yordam bera olganimdan xursandman.Endi esa oldinga qarab, har kuni tinimsiz mehnat qilishni davom ettiramiz, chunki xalqaro tanaffusdan keyin murakkab o‘yinlar kutmoqda. Umid qilamanki, shu darajani saqlab qolamiz va yanada ko‘proq g‘alabalarga erishamiz".
Ma’lumot uchun, norvegiyalik forvard yakunlangan oyda 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.



Fikrlar