APLda sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

  • 13.10.2023 16:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

APLda sentyabr oyining eng yaxshilari aniqlandi. Unga ko‘ra, "Tottenxem" futbolchisi Son Xyon Min o‘tgan oyning eng yaxshi futbolchisi, deb topilgan bo‘lsa, eng yaxshi mutaxassis maqomiga Ange Postekoglu loyiq loyiq ko‘rildi. 

O‘tgan oyda Postekoglu boshchiligidagi "shporlar" APL doirasida 4 o‘yinning 3 tasida g‘alaba qozondi. Shuningdek, bitta durang natija qayd etdi ("Arsenal" bilan - 2:2). 

Ayni dam "Tottenxem" Premer-liga turnir jadvalida 20 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!