APLni tark etgan "Lester" o‘z etakchisini sotishga hozirlanmoqda

  • 12.06.2023 11:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Lester" rahbariyati Premer-ligani tark etgach, yarim himoyachi Jeyms Meddisonni sotishga tayyor.

Sky Sports xabariga ko‘ra, shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan futbolchi bilan "Tottenxem" va "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda. Ushbu raqobatda «shporlar»ning imkoniyati nisbatan pastroq hisoblanmoqda. Ammo shunga qaramay, London klubi tez orada Meddisonning transferi bo‘yicha “tulkilar”ga rasmiy taklif bilan chiqishi mumkin.

Jeyms joriy mavsum APLda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!