
APLning grand klubi Rodrigo bo‘yicha "Arsenal" bilan raqobat qilish uchun kurashga kirdi
24 yoshli Rodrigoning "Real"dagi kelajagi yana savol ostida. Klubdagi o‘yin amaliyotining kamligi futbolchining jamoani tark etish ehtimolini kuchaytirmoqda.
"Diario AS" nashrining xabar berishicha, avvaldan asosiy da’vogar sifatida qayd etilayotgan "Arsenal"ga endi "Liverpul" ham qo‘shildi. Angliya grandi futbolchini olish imkonini jiddiy ko‘rib chiqmoqda, biroq hozircha "Real" bilan rasmiy muzokaralar boshlanmagan.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Rodrigoning bozor qiymati — 90 million evro. Uning "Real" bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtasigacha amal qiladi.
Ma’lumot uchun, Rodrigo Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida faqat bir marta asosiy tarkibda maydonga tushdi — bu esa uning ketishi haqidagi gap-so‘zlarni yanada kuchaytirdi.
Fikrlar