AQShlik bokschi Vasiliy Lomachenkoni raqib sifatida "nazariga ilmadi"

  • 19.04.2020 17:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

 AQShlik bokschi Devin Xeyni ukrainalik Vasiliy Lomachenko bilan bo‘lajak jang haqidagi savolga javob berdi.

"Shuni sizga ayta olamanki, men hech qachon oq tanli insonga yutqazmayman. Odamlarning nima deyishi  ahamiyatsiz. Eshiting, bitta oq tanli bola meni mag‘lub eta olmaydi. Haftaning har qanday kunida u bilan jang qilishga tayyorman. Men 10 ta jangning 10 tasida uni yutaman", - dedi Xeyni.

Ma’lumot uchun, Xeyni faoliyati mobaynida professional ringda 24 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Ularning 15 tasini muddatidan oldin yakunlashga erishgan.

                                                                                                                                Manba: Boxingscene

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!