Arbeloa boshqaruvidagi "Real" kamroq g'alaba qozonmoqda
"Real" bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa davrida jamoa avvalgi murabbiylarga nisbatan kamroq gʻalaba qozonmoqda.
Juma kuni "qaymoqranglilar" La Liganing 32-turida "Betis" bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi.
"Marca" maʼlumotiga koʻra, Arbeloa boshchiligidagi jamoa 23 uchrashuvda 60,9 foizlik gʻalaba koʻrsatkichiga ega — 23 oʻyindan 14 tasida gʻalaba qozongan. Bu Bernd Shuster isteʼfosidan beri kamida 20 ta oʻyin oʻtkazgan "Real" murabbiylari orasida eng past natija hisoblanadi. 2008 yilda Shusteda bu koʻrsatkich 59 foizni tashkil qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Arbeloa 12 yanvar kuni Xabi Alonso ketganidan keyin Madrid klubi bosh murabbiyiga aylangan edi.
Fikrlar