Arbeloa, shu ishni eplay olmasang, “Real”dan ketasan!

  • 06.04.2026 17:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kirita olmasa, lavozimidan bo‘shatiladi.

Bu haqida AS nashri xabar berdi.

Ispaniya La Ligasining 30-turida “Malyorka”dan (1:2) uchralgan  mag‘lubiyatdan so‘ng chempionlik uchun kurash juda murakkab ko‘rinish oldi va murabbiyning kelasi mavsumda jamoada qolish imkoniyati jamoaning evrokubokdagi natijalariga bog‘liq bo‘lib qoldi.

“Malyorka” bilan o‘yindagi natija Arbeloa uchun 18 ta uchrashuvdagi beshinchi  mag‘lubiyat bo‘ldi.

Rahbariyat yosh murabbiyning yutuqlarini ham e’tirof etmoqda. Bu mutaxassis jamoa ichida Vinisius Zhunior,  Jud Bellingem va Federico Valverde kabi yetakchi o‘yinchilar bilan muhitni barqarorlashtira oldi, shuningdek akademiya tarbiyalanuvchilariga imkoniyat berdi.

Biroq mag‘lubiyat barcha ijobiy impulsni to‘xtatib qo‘ydi.

Ispaniya chempionatining 30-turidan so‘ng madridning “Real” jamoasi 69 ochko to‘plab, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam “Barselona”dan yetti ochko ortda qolmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!