Argentina terma jamoasi oxirgi o‘yinlarda qanday natija qayd etmoqda?
Argentina terma jamoasi Jahon chempionati yarim final o‘yini doirasida Modrich boshchiligidagi Xorvatiya terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Final yo‘llanmasi uchun kechgan bahsda janubiy amerikaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Skaloni jamoasi oxirgi 42 ta o‘yinda faqat bir marotaba raqibga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. "Kumushrang o‘lka" vakillari mundialning guruh bosqichi doirasida Saudiya Arabistoni termasiga qarshi 1:2 hisobda mag‘lub bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Messi jamoasining finaldagi raqibi bugun Frantsiya - Marokash uchrashuvida aniqlanadi.



Fikrlar