Argentina terma jamoasi sobiq darvozaboni: Setenning o‘rnida bo‘lsam, Messini zaxiraga o‘tirgizib qo‘yardim
Argentina terma jamoasining sobiq darvozaboni Ugo Gatti “Barselona”dagi hamyurti Lionel Messini tanqid qildi.
“Messi xavotirlanmoqda, chunki u ichida avvalgi Messini his qilmayapti.
Gap uning atrofidagilar haqida emas, u “Barselona”da har doim bir o‘zi o‘ynagan.
Setenning o‘rnida bo‘lganimda, Messini zaxiraga o‘tirg‘izib qo‘ygan bo‘lardim”, - deydi Gatti.
33 yoshli Messi joriy mavsum La Ligada 27 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 21 ta gol urdi va jamoasining 17 ta goliga assistentlik qildi.
Fikrlar