Arman Tsarukyangа chempionlik janggi nega berilmayapti?

  • 28.12.2025 13:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Yarim o‘rta vaznda UFC chempioni Islom Maxachev engil vazn toifasi reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Tsarukyangа chempionlik uchun nega imkon berilmayotganini aytdi.

"Menimcha, bu Arman bilan jangimiz tufayli.  O‘sha vaqtda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan turnirga hamma e’tibor qaratgan edi. Biroq Tsarukyaning jarohat olib, bahsni tark etgan katta u uchun "minus"ga ishladi... Menimcha, Dana Uayt bundan juda g‘azablangan. Ayni damda UFC dagi boshqa yigitlar ham mazkur voqea sabab muammolarga duch kelmoqda. Lekin mendan so‘rasangiz, albatta, Arman kamar uchun kurashishga hammadan ko‘ra ko‘proq loyiq, deyman", - dedi rossiyalik "Ushatayka" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Tsarukyan va Maxachev 2025 yil 18 yanvar kuni "UFC 311" turnirida o‘zaro oktagonga ko‘tarilishi lozim edi, biroq Armaning belidagi jarohat sabab Islom braziliyalik Renato Moykanoga qarshi jang qilishiga to‘g‘ri kelgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!