
Armanistonda Mxitaryanning surati tushirilgan pochta markalari muomalaga chiqarildi
Armanistonda “Arsenal” yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan surati tushirilgan pochta markalari sotuvga chiqarildi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu marka buyurtmaga asosan 40 ming nusxada Kanadada ishlab chiqarildi. Uning taqdimot marosimida shaxsan Mxitaryanning o‘zi ishtirok etdi.
Ma’lumot uchun, Mxitaryan “Arsenal”dan avval “Manchester Yunayted” va “Borussiya” Dortmund kabi mashhur jamoalarda to‘p surgan.
Fikrlar