Arne Slot sharmandali mag‘lubiyatdan keyin nimalar dedi?

  • 05.04.2026 08:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya kubogining chorak finalida mamlakatning amaldagi chempioni “Liverpul” safar uchrashuvida “Manchester Siti”ga 0:4 hisobida yutqazdi.

Uchrashuvdan keyin mersisaydliklar bosh murabbiyi Arne Slot ham mag‘lubiyat haqida fikr bildirdi.

- Menimcha, natija haqida mendan so’rashingiz shart emas, chunki u o‘z-o‘zidan hammasini aytib turibdi. Bu juda katta muvaffaqiyatsizlik.

Mag‘lubiyatning o‘zi ham yomon, ammo “Liverpul” ko‘p marta o‘ynagan, kurashgan va ko‘p bor  g‘alaba qozongan jamoaga qarshi Angliya kubogi chorak finalida 0:4 hisobida yutqazish — albatta katta ko‘ngilsizlik.

Biz 20 daqiqa ichida to‘rtta gol o‘tkazib yubordik — bu bizning uslubimiz emas, - dedi Arne Slot klub rasmiy saytiga.

Yarim final juftliklariga qur’a tashlash 5 aprelga belgilangan. Yarim final o‘yinlari esa 25 va 26 aprel kunlari “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!