Arnold: "Real"da o‘ynash — amalga oshgan orzu"
Madridning "Real" klubi himoyachisi Trent Aleksander-Arnold jamoadagi faoliyati haqida fikr bildirdi.
"Boshida bir nechta jarohatlar bo‘ldi, ammo formamni tiklagadim. Menga bu yer juda yoqyapti. Birinchi daqiqadanoq hamma narsa yoqdi. Bu — amalga oshgan orzu. Qo‘limdan kelganicha jamoaga moslashishga harakat qilyapman", — deya ta’rif berib o‘tdi angliyalik himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksander-Arnold o‘tgan yozda "Liverpul"dan "Real"ga o‘tgan edi. 27 yoshli himoyachi "qirollik klubi" bilan 2031 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.
14 mart kuni "Real" o‘z maydonida "Elche"ni qabul qiladi. Ispaniya La Ligasining 28-tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 01:00'da boshlanadi.
Fikrlar