"Arsenal" 16 karra Angliya superkubogi sohibi!

Hozirgina Angliya superkubogi o‘z yakuniga etdi. Unda "Arsenal" klubi "Liverpul" ustidan g‘alaba qozonib, chempionlikni nishonladi.

Dastlab, Obameyangning tezkor goli bilan oldinga chiqib olgan "kanonirlar" ikkinchi bo‘limda to‘p o‘tkazib yubordi. Zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Takumi Minamino mersisaydliklarning yagona aniq zarbasiga mualliflik qildi.

Asosiy vaqtda durang qayd etilgani bois penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. "Futbol lotereyasi"da faqatgina Rian Bryuster xatoga yo‘l qo‘ydi va "to‘pchilar" 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!