"Arsenal" Belerinning "oyoqlarini bog‘ladi"
"Arsenal" himoyachisi Ektor Belerin endi jamoadan hech qayoqqa ketmaydigan bo‘ldi.
London klubi Evropa grandlari talashayotgan ushbu futbolchini 2023 yilgacha o‘z tarkibida olib qolish uchun yangi shartnoma tuzishga erishdi. 21 yoshli ispaniyalik futbolchi endi haftasiga 100 ming funt sterlingdan ko‘proq maosh oladigan bo‘ldi.
Joriy mavsumda Belerin Angliya chempionatida 11 marotaba, Evropa chempionlar ligasida uch marotaba maydonga tushdi.

Fikrlar