
"Arsenal" bir mavsumda 9 ta London derbisida g‘alaba qozongan ilk jamoa bo‘ldi!
Angliya chempionatining yigirma sakkizinchi turidan o‘rin olgan London derbisida “Arsenal” hamshahari “Kristal Pelas”ni 4:1 hisobida engdi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu "Arsenal"ning joriy mavsum London derbilaridagi to‘qqizinchi g‘alabasi bo‘ldi. Ya’ni London yoki uning atrofidagi klublar ustidan qozonilgan g‘alaba.
Aytish kerakki, Londonning hech bir klubi shu vaqtgacha bir mavsumda derbilarda bunchalik ko‘p g‘alaba qozonmagan. Hattoki "Chelsi" ham o‘zining eng yaxshi davrlarida bu rekordni o‘rnata olmagan.
Fikrlar