
"Arsenal" bu ishni to‘rt yildan buyon uddalay olmayotgan edi
Premer-Liga 21-turi doirasida "Arsenal" "Sautgempton" mehmoni bo‘ldi va ishonchli tarzda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdagi gollarni Edvard Nketia va Jozef Uillok o‘z nomlariga yozib qo‘ydi.
Ingliz matbuotiga ko‘ra, "Arsenal" safida APL doirasida 2016 yil 14 avgustidan buyon bitta o‘yinda ikkita angliyalik futbolchi ilk marotaba gol kiritdi.
Shuningdek, ushbu g‘alaba londonliklar uchun mavsum restartidan keyingi dastlabkisi bo‘ldi. Bungacha klub "Manchester Siti" (0:3) va "Brayton"ga (1:2) imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar