"Arsenal" bugun navbatdagi transferini e’lon qiladi

  • 28.06.2022 14:13
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" bugun "Manchester Siti" hujumchisi Gabriel Jezus bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qiladi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, braziliyalik bugun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi rejalashtirilgan.

Futbolchining o‘zi ayni paytda Londonda bo‘lib turibdi.

Avvalroq, "Arsenal" Jezus uchun 52 million evro to‘lashga rozi bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. U "kanonirlar" bilan 2026 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolashi ko‘zda tutilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!