"Arsenal" Entoni Gordon uchun katta transferga tayyorlanmoqda
Londonning "Arsenal" klubi yozgi transferlar oynasida shov-shuvli xaridni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, "kanonirlar" transfer strategiyasiga o‘zgartirish kiritib, tarkibda ingliz futbolchilaridan iborat mustahkam o‘zak yaratishni maqsad qilgan. Shu bois, klubning asosiy nishonlaridan biri sifatida "Nyukasl" qanot hujumchisi Entoni Gordon belgilangan.
Ma’lumotlarga qaraganda, rasmiy taklif mavsum yakunlangandan keyin yuborilishi kutilmoqda. "Qarg‘alar" o‘z yulduzini qo‘yib yuborish niyatida emas, ammo jamoa Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa, transfer masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.
Entoni Gordonning bozor qiymati hozirda taxminan 60 million yevro atrofida baholanmoqda. Shuningdek, Angliya terma jamoasi a’zosiga “Liverpul” va “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar