"Arsenal" futbolchisi faoliyatini Fransiyada davom ettiradigan bo‘ldi
"Arsenal" yarim himoyachisi Itan Nvaneri Marselning "Olimpik" klubiga ijaraga o‘tishga rozi bo‘ldi. Bu haqida insayder Fabrizio Romano ma’lum qildi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar mavsum oxirigacha sotib olish huquqsiz ijara berishga kelishib oldi. Ijara narxi 3 million evroni tashkil etadi. Biroq yakuniy summa inglizning maydonga qanchalik tez-tez tushishiga bog‘liq bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli futbolchi joriy mavsum Arteta qo‘l ostida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol kiritishga erishgan.
Fikrlar