"Arsenal" futbolchisida ham koronavirus aniqlandi

CHERY AUTO

"Arsenal" va Misr terma jamoasi yarim himoyachisi Muhammad Al-Ninida koronavirus aniqlandi, deya xabar bermoqda Sky Sports.

Tecno

28 yoshli futbolchi milliy terma jamoa yig‘ini vaqtida koronavirusga test topshirgan va unda virus aniqlangan. Qayd etilishicha, kasallik simptomlarsiz o‘tmoqda.

Oldinroq, Misr terma jamoasining sardori Muhammad Salohda ham koronavirus aniqlangani xabar qilingan edi.

Joriy mavsumda Al-Nini barcha turnirlarda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, golli vaziyatlarda ishtirok etmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!