"Arsenal" hujumchisi Londonning boshqa bir jamoasiga o‘tmoqda

  • 27.08.2024 18:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" hujumchisi Eddi Nketia faoliyatini Londonning "Kristal Pelas" klubida davom ettiradi. 

Fabritsio Romanoga ko‘ra, hujumchi borasida klublar kelishib olishdi. Transferdan "kanonirlar" 25+5 million evro ishlab oladi. 

25 yoshli ingliz "Arsenal" akademiyasida tahsil olgan bo‘lib, 2019 yildan beri asosiy klub tarkibida harakat qilib keladi. 

Nketia jamoaning asosiy hujumchisi bo‘la olmaganidan keyin o‘ziga boshqa klub izlashni boshlagandi. Uni "Marsel" sotib olishga yaqin keldi. Ammo frantsuzlar "Arsenal" bilan kelisha olmadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!