"Arsenal" ikki sotmoqchi bo‘lgan futbolchisini jamoada olib qolishga qaror qildi
Londonning "Arsenal" klubi Aleksandr Zinchenko va Leandro Trossardning kelajagiga oid qarorni qabul qildi. "Transfer News Live" manbasining yozishicha, "kanonirlar" ukrainalik va belgiyalik futbolchilarga tushadigan har qanday takliflarni rad etishga tayyor.
Har ikki futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning o‘rtasigacha mo‘ljallangan. 28 yoshli Zinchenko "Arsenal" safida 91 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

30 yoshli Trossard esa 124 ta bahsda maydonga tushib, 28 ta gol va 23 ta assist qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan APL mavsumida "Arsenal" chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunlagandi. Yangi mavsumda esa yangi transferlarni amalga oshirib, chempionlik uchun chinakamiga kurashmoqchi.



Fikrlar