
“Arsenal” ikkiga bo‘lindi!
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta yuritayotgan ichki siyosat tufayli jamoa futbolchilari ikki guruhga bo‘lindi. Hozircha ularning aksariyati Artetani qo‘llab-quvvatlayotgan bo‘lsa-da, bosh murabbiydan norozi bo‘layotgan o‘yinchilar soni tobora oshib bormoqda.
“Arsenal” klubi rahbariyati bu vaxziyatda bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Buni ko‘rsatish uchun rahbarlar ispaniyalik murabbiyga qishki transferlar vaqtida yangi xaridlarni amalga oshirish uchun mablag‘ ajratadi.
Hozir London klubining premer-ligadagi ahvoli havas qilgulik emas. 14 ta o‘yindan so‘ng, Arteta jamoasi 14 ochko jamg‘arib, 15-pog‘onaga tushib qolgan.
Fikrlar