
"Arsenal" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi
APL 9-turidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Aston Villa" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda maydon egalari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Kanonirlar" safida Tomas Partey jamoasining ilk goliga mualliflik qildi. Obameyang birinchi bo‘lim so‘nggida oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. 56-daqiqada Smit-Rou hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Birmingemliklardan Remzi London klubi darvozasiga to‘p kiritdi.
Shunday qilib, Arteta shogirdlari ochkolarini 14 taga etkazib olib, Angliya chempionatida 9-pog‘onaga ko‘tarilib oldi. "Aston Villa" ayni damda 10 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar