“Arsenal” kamida bir yulduzini “qurbon” qiladi. Nomzodlar tayyor
Angliya Premier-ligasida yetakchilik qilayotgan Londonding “Arsenal” klubi byudjet muammolari sabab yetakchilardan birini “qurbon” qilishiga to‘g‘ri kelmoqda.
“Kanonirlar” byudjetni barqarorlashtirish uchun asosiy tarkib futbolchilaridan kamida bittasidan voz kechishi shart.
Bu haqida The Telegraph xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” 300 million evrodan ortiq mablag‘ sarflangan katta transferlar oqibatlarini yumshatish uchun kelasi yozda kamida bir nafar qimmatbaho futbolchi bilan xayrlashishi talab etiladi.
Xabarlarda Martin Edegor va Gabriél Martinelli klubni tark etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar qatoriga kiritilgani aytilmoqda.
Bu mavsumda Edegor barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol va 7 ta golli uzatma amalga oshirdi. Martinelli hisobida esa 37 ta uchrashuv, 11 ta gol va 3 ta assist bor.
Fikrlar