"Arsenal" Madrid klubi yetakchisini sotib olmoqchi

  • 25.01.2026 15:34
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Argentina terma jamoasi va "Atletiko" klubi forvardi Xulian Alvares faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Madriddning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares Londonning "Arsenal" klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. Manbaga ko‘ra, londonliklar Alvares transferi uchun 92 million evrodan voz kechishga tayyor. Ushbu summa bitimni rasmiylashtirish uchun yetarli bo‘lishi mumkin. Argentinalik futbolchi 2024 yildan buyon "matraschilar" sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. "Transfermarkt" portali futbolchini 100 million evroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsumda umumiy 28ta uchrashuvda maydonga tushib, 11ta gol urgan va 5ta golli uzatmani amalga oshirgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!