“Arsenal” Madrid klubi yulduzi uchun 2 ta futbolchisidan voz kechmoqchi
"Arsenal" Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Julian Alvaresga qiziqishni kuchaytirishga tayyor. Londonliklar so‘nggi ikki hafta davomida 25 yoshli forvardni faol kuzatib bordi. Bu haqida TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "Arsenal" raqobatbardosh taklif tayyorlashda muammolarga duch kelmaydi. Hozirda vositachilar Alvaresning transferi bo‘yicha kelishuvga hujumchilar Gabriel Jezus va Gabriel Martinellini qo‘shish varianti ustida ishlamoqda.
Hujumchi 2024 yil yozidan beri Madrid jamoasida o‘ynamoqda. Joriy mavsumda Alvares barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va beshta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 100 mln yevroni tashkil etadi.
Fikrlar