
"Arsenal" muxlislari uchun noxush xabar! "Tottenxem"ning ikki futbolchisi uchun mavsum tugadi
Braziliyalik hujumchi Risharlison hamda malilik yarim himoyachi Iv Bissuma "Tottenxem"ning keyingi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.
Risharlisonga boldir mushagidan jarohat tashxisi qo‘yilgan. Shu sababli, u APLning 37-turida "Byornli"ga qarshi bellashuvda maydonga tusha olmadi. Bissuma esa tizzasidan jarohat olgan.
"Shporlar"ni mavsum so‘nggigacha "Manchester Siti" va "Sheffild"ga qarshi bellashuvlar kutib turibdi.
Fikrlar