“Arsenal”: Nima qilib bo‘lsa ham, shu yulduzni olamiz!
Angliya Premer-ligasida peshqadamlik qilayotgan Londonning “Arsenal” klubi Madridning “Atletiko” jamoasidan argentinalik hujumchi Julian Alvaresni olib kelmoqchi.
Diego Simeone klubi Alvaresga qit’aning yetakchi klublari qiziqayotganini inobatga olgan holda uning transferidan katta pul ishlab olmoqchi. Aslida madridliklar Julianni tarkibda saqlab qolmoqchi, biroq ular kutgan summa taklif qilinsa, savdo amalga oshishi ehtimoli katta.
TEAMtalk nashri ma’lumotiga ko‘ra, londonliklar Alvaresning transfer summasini pasaytirish uchun kelishuvga ikki futbolchisini — qanot hujumchisi Gabriel Martinelli va forvard Gabriel Jezusni qo‘shib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Hozircha La Liga klubiga “Arsenal” taklif qilayotgan braziliyalik hujumkor futbolchilarning qanchalik qiziq ekani noma’lum bo‘lib turibdi.
Transfermarkt saytida Julian Alvaresning taxminiy qiymati 100 million yevro, deb ko‘rsatilgan. Shu portal ma’lumotiga ko‘ra, Martinelli va Jezusning bahosi mos ravishda 45 va 20 million yevroni tashkil qiladi.
So‘nggi xabarlarda 26 yoshli Alvares “Atletiko”ni tark etish borasida qarori qat’iy ekani yozilayapti. O‘yinchiga Kataloniyaning “Barselona” klubi ham da’vogarlik hisoblanadi.
Fikrlar