“Arsenal” O‘zilga o‘rinbosarni “Real”dan oladi

  • 24 noyabr, 2020, 08:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Arsenal” rahbariyati “Real” tomonidan transferga qo‘yilgan pleymeyker Iskoni olib kelishga bel bog‘ladi. Ispan yarim himoyachisi London klubini tark etishga hozirlik ko‘rayotgan Mesut O‘zilning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “kanonirlar” rahbariyati Isko transferi uchun 36 million evro to‘lashga tayyorligini bildirgan. Biroq, “Qirollik klubi” xo‘jayinlari asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan futbolchisini 45 million evrodan kamiga qo‘yib yubormayapti.

Iskoning madridliklar bilan bitimi 2022 yilning yozida yakunlanadi. Hozir unga “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Yuventus” va “Tottenxem” kabi jamoalardan ham qiziqish bo‘lmoqda.

Zidan tanqidlarni tan olmadi

Murabbiy Xolandni mensimadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!