"Arsenal" qishda Xamesni sotib olmoqchi

  • 28.11.2019 20:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Arsenal" klubi "Real" Madrid yarim himoyachisi Xames Rodrigesning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda El Desmarque nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “kanonirlar” ushbu transferni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli kolumbiyalik futbolchi ayni damda jarohatidan sog‘yish jarayonini boshdan kechirmoqda. U katta ehtimol bilan joriy 2019 yilda boshqa maydonga tushmaydi.

Ma’lumot uchun, Xames joriy mavsum “Real” safida 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!