"Arsenal" rahbariyati Arteta masalasida bir qarorga keldi

  • 15.05.2021 17:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta yangi mavsumda ham o‘z lavozimida qoladi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, "kanonirlar" rahbariyati ispaniyalik mutaxassisga ishonch bildirishda davom etmoqchi. Hozirda tomonlar yozgi transferlar masalasini o‘zaro muhokama qilishmoqda.

"Arsenal" 36 turdan so‘ng premer-liga musobaqa jadvalida 55 ochko bilan 9-o‘rinda bormoqda. Londonliklar Evropa ligasi yarim finalida “Vilyarreal”ga imkoniyatni boy bergach, kelasi yil Chempionlar ligasida ishtirok etish yo‘llanmasi uchun so‘nggi umidini ham yo‘qotdi.

Arteta "Arsenal"ni 2019 yilning dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!