"Arsenal" rahbariyati Artetaga shart qo'ydi
"Arsenal" rahbariyatining fikriga koʻra, klub bosh murabbiyi Mikel Artetaning bu mavsumda yirik sovrin yuta olmasligi uchun bahona qilishiga endi oʻrin qolmagan.
Ingliz OAVlarining maʼlum qilishicha, ispaniyalik mutaxassisga transfer bozorida uch yildan ortiq vaqt davomida har tomonlama qoʻllab-quvvatlash koʻrsatilgan soʻng. "Toʻpchilar" klubi rahbariyati Mikelni joriy mavsum yakunida APLda yoki YEChLda gʻolib boʻlishni kutmoqda. Agar bularni hech biri sodir boʻlmasa, London klubi Artetani oʻz lavozimidan ozod etadi.
Eslatib oʻtamiz, Mikel Arteta "Arsenal"ni 2019 yildan beri boshqarib kelmoqda. Uning rahbarligi ostida "toʻpchilar" Angliya kubogi va ikkita Angliya Superkubogini qoʻlga kiritishga erishgan..
Fikrlar