“Arsenal” raqibga o‘z o‘yinchisini bermadi
“Chelsi” rahbariyati tarkibni “Arsenao” yarim hitmoyachisi Emil Smit-Rou hisobiga kuchaytirishni rejalashtirgan edi.
Daily Mail nashrining yozishicha, “kanonirlar” 23 yoshli futbolchini asosiy raqobatchilaridan biriga transfer qilishdan bosh tortgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, faqatgina futbolchining bozor narxidan ko‘p badal puli taklif qilingan taqdirda, “Arsenal” o‘yinchini “Chelsi”ga qo‘yib yuborishi mumkin.
O‘z o‘rnida, Emil Smit-Rou jamoaning asosiy tarkibiga kirishga qiynalmoqda. O‘tgan mavsumda iste’dodli o‘yinchi barcha turnirlarda atigi 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir juft assist muallifi bo‘ldi.
Transfermarkt portali Emilning transfer narxini 35 million evroga baholamoqda.

Fikrlar