"Arsenal" "Real" himoyachisini transferlar ro'yxatiga kiritdi
"Arsenal" "Real"ning 19 yoshli markaziy himoyachisi Viktor Valdepenyasni kuzatishda davom etmoqda. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida maʼlum qildi.
Manbaga koʻra, ispaniyalik futbolchi London klubining transfer roʻyxatiga kiritilgan. "Arsenal" Valdepenyasni yaqin oylarda sotib olishi mumkin.
"Qirollik klubi"ning kattalar jamoasida himoyachi bitta oʻyin oʻtkazdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchining bozor narxi 3 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar