"Arsenal" "Real"ning sobiq hujumchisini sotib olmoqchi

  • 11.01.2024 14:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Arsenal" klubi hujum chizig‘ida variantlarni qidirishda davom etmoqda. "Kanonirlar" "Real"dagi o‘yinlari bilan tanilgan "Xetafe" hujumchisi Borxa Mayoralga qiziqish bildirmoqda.

"The Mirror" nashrining ma’lum qilishicha, London klubi ispaniyalik to‘purarni sotib olish uchun taxminan 25 million evro ajratishga tayyor. "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning shaxsan futbolchini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli hujumchi 22 uchrashuvda qatnashib, 14 ta gol urdi. Uning "Xetafe" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!