"Arsenal" "Siti"ning 2 nafar etakchisini tarkibga qo‘shib olmoqchi

  • 30.05.2021 00:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" rahbariyati shu yoz yarim himoyachi Riyod Mahrez va hujumchi Rahim Sterlingni sotib yubormoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga qaraganda, ushbu ikki futbolchi “shaharliklar” rahbariyatining yangi mavsum rejalariga kirmaydi. Shu bois ushbu futbolchilar borasida bildiriladigan barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Mahrez va Sterlingga "Arsenal"dan jiddiy qiziqishlar bor. Biroq "kanonirlar"ning moliyaviy ahvoli bunday qimmat transferlarni amalga oshirishga imkon bermaydi. Bundan tashqari “Arsenal” keyingi mavsum evrokuboklarda ishtirok etmaydi.

"Arsenal" o‘tgan mavsum premer-ligada 8-o‘rinni egalladi.

Sterling joriy mavsum premer-ligada jami 31 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 10 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Mahrez APLda 27 ta o‘yin o‘tkazdi. U ushbu uchrashuvlarda 9 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!