"Arsenal" tovon puli 500 millionlik hujumchini sotib olmoqchi

  • 24.01.2026 16:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Atletiko" klubida 12 yil ishlagan "Arsenal" sport direktori Andrea Berta "matraschilar" hujumchisi Julian Alvaresning agenti Fernando Idalgo bilan yaxshi munosabatda bo‘lib kelmoqda. Bu haqida ESPN xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, ispan klubi vakillari argentinalik futbolchining "Atletiko"ga o‘tishi mumkinmi yoki yo‘qligini aniqlash maqsadida norasmiy muzokaralar olib borgan va shundan keyingina futbolchiga qiziqish borligini rasmiy e’lon qilish haqida qaror qabul qilgan.

Tahminlarga ko‘ra, Alvaresning shartnomasida 500 mln yevro miqdoridagi tovon puli ko‘rsatilgan. Ta’kidlanishicha, kelasi yozda hujumchiga qiziqish paydo bo‘lsa, "matraschilar" 100 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ talab qiladi.

Hujumchi 2024 yil yozidan beri Madrid jamoasida o‘ynamoqda. Joriy mavsumda Alvares barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va beshta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!