"Arsenal" uchta futbolchisini sotib yubormoqchi

  • 12.10.2025 14:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

"Arsenal" kelasi qishda hujumchilar Gabriel Jezus va Leandro Trossard, shuningdek, himoyachi Aleksandr Zinchenkoni sotib yuborish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda TBR Football xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, londonliklar Zinchenkoni joriy mavsum oxirigacha "Nottingem Forest"da ijarada o‘ynashiga qaramay, yanvar oyida sotib yuborish haqida o‘ylamoqda. Himoyachi boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.

Trossard yaqinda maoshi oshganiga qaramay, "kanonirlar" qarorgohini tark etish ehtimoliga ega.

Ta’kidlanishicha, "Arsenal" nomlari tilga olingan futbolchilardan birortasini "haydash" niyatida emas, biroq yaxshi taklif kelsa, jamoa ularni ushlab o‘tirmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!